Bu tartib 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab amaliyotga tatbiq etiladi.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 25 yanvarda qabul qilingan “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ushbu tartib asosida ishlash belgilab qo‘yildi.
Malaka toifasini berish va saqlab qolish bo‘yicha maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish yil davomida amalga oshirildi.
Mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik, tug‘ish va bolani parvarish qilish ta’tili va boshqa sabablarga ko‘ra, attestatsiyadan o‘tmagan pedagog kadrlar ish faoliyatiga qaytganlariga bir yil to‘lgandan so‘ng attestatsiyaga jalb etiladi va mazkur davr mobaynida ularning malaka toifasi saqlab qolinadi.