O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Alisher Maqsudov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska bilan uchrashdi.

Muloqot davomida qo‘mita tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan tashabbus va loyihalar muhokama qilindi.

Tadbirda “Barqaror hayot tarzini ta’minlaydigan Orol dengizi havzasi tuprog‘i degradatsiyasiga qarshi barqaror va neytral landshaft asosida ko‘llarni, suv-botqoq yerlarni, qirg‘oq bo‘yi yo‘laklarini saqlash va barqaror boshqarish” loyihasi Global ekologik jamg‘arma tomonidan moliyalashtirilishi ma’qullangani hamda ayni yo‘nalishdagi ishlar 2021 yilda boshlanishi ma’lum qilindi.

Umumiy qiymati 4 million dollarga teng ushbu loyiha 2021-2025 yillar davomida amalga oshiriladi.

O‘zA