O‘zbekistonda 25 yanvar kuni sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan yangi avlod «Trackyer»ining narxi ma’lum bo‘ldi.
Qayd etilishicha, yangi «Tracker» xaridorlar uchun muhim bo‘lgan jihatlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Xususan, zamonaviy dizayn, xavfsizlik, qulaylik, samaradorlik, tejamkorlik. Shuningdek, avtomobil panorama lyuk, Led chiroqlar va 8 dyuymli sensor ekranga ega bo‘lgan audio tizim bilan jihozlangan.
Yangi «Tracker»ni 2021 yilning 25 yanvar sanasidan boshlab «Chevrolet» standartlari talablariga to‘liq javob beradigan dilerlik markazlarida xarid qilish mumkin: boshlang‘ich komplektatsiya: 145 130 000 so‘mdan boshlanadi; LT komplektatsiya: 193 043 478 so‘m. (Narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan).