2019 yil 2 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.
Ushbu hujjatda belgilangan qator vazifalar bilan bir qatorda sug‘urta bozori mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, sug‘urta sohasida ta’lim berishning zamonaviy usullarini qo‘llash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan.
Ushbu Qaror ijrosi yuzasidan “KAFOLAT sugʼurta kompaniyasi” AJ Boshqaruvi raisi S.Nasretdinov tashabbusi va ishtirokida Buyuk Britaniyaning (Chartered Insurance) Sug‘urta instituti, Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari instituti o‘rtasida 2019 yil 5 avgust kuni Londonda «O‘zaro anglashuv kelishuvi» imzolandi hamda kelishuv asosida olib borilgan ishlar natijasida Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti qoshida O‘quv-imtihon markazi tashkil etildi.
Dastavval, o‘tgan 2020 yilda dunyoda pandemiya davri bo‘lishiga qaramay, iyul-avgust oylarida 20 dan ortiq O‘zbekiston sug‘urta bozori mutaxassislari ingliz tilida “General Insurance” (W01) o‘quv kursida onlayn tarzda ishtirok etib, navbatdagi o‘quv kursini Insurance Underwriting (WUE) va Insurance Claims Handling (WCE) fevral va mart oylarida davom ettirish belgilandi.
Sug‘urta yo‘nalishida dunyoda eng nufuzli bo‘lgan oliygoh – Chartered Insurance instituti (Buyuk Britaniya) tomonidan Markaziy Osiyo va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari sug‘urta vakillari orasida “KAFOLAT sugʼurta kompaniyasi” AJ Boshqaruv raisi Saidolim Nasretdinov, CII ni O‘zbekiston sug‘urta bozoriga olib kirishdagi tashabbusi, Toshkent Xalqaro Westminster universiteti qoshida O‘quv-imtihon markazini tashkil etishdagi va asosiysi, O‘zbekiston sug‘urta bozori vakillari orasida ushbu oliygoh nufuzini oshishida qo‘shgan hissasini inobatga olib, Ishonchli vakil, ya’ni, ʼGoodwill Ambassadorʼ (GWA) sifatida tayinlandi.
GWAning vazifasi CIIning xalqaro jamoasiga CII xizmatlarini targ‘ib qilishda va sug‘urtaga jamoatchilik ishonchini oshirish maqsadiga erishishda ixtiyoriy ravishda ko‘mak berishdir.
Elyor Boymirzayev