AQSH prezidenti Jo Baydenning ma’lum qilishicha, Tramp unga olijanoblik bilan xat qoldirgan.

“Prezident menga juda yaxshi xat qoldiribdi. Bu juda shaxsiy, shu bois uning o‘zi bilan gaplashib olmagunimcha xatda nimalar yozilganini aytmayman”, – dedi Bayden, ish stoliga o‘tirib o‘zining prezidentlik lavozimidagi ilk farmonini imzolar ekan.

Bundan avval Tramp AQSH prezidentligiga saylangan Jo Baydenga maktub qoldirgani haqida ma’lum qilingan edi. Xatning mazmuni hali oshkor etilmadi.