O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Erkin HAMROEV bilan suhbat.

Keyingi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar sarhadlar osha do‘stlik, teng sheriklik, bag‘rikenglik tamoyili asosida rivojlanmoqda. Xorijiy davlatlar bilan aloqalarda O‘zbekiston tomoni mintaqaviy taraqqiyotga doir tashabbuslarni, bugungi tahlikali zamonda hamjihatlik va osoyishtalikni ta’minlashning muhim omillarini ilgari surishga qodir mamlakat sifatida e’tirof etilayotgani ham fikrimizning dalili.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev xalqaro munosabatlarda siyosiy nuktadonlik bilan e’tibor qaratadigan yana bir muhim jihat bor. Bu — xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan doimiy muloqot o‘rnatish, hamkorlikni rivojlantirish, ularning mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mehnat migrantlarining huquq va manfaatlarini har tomonlama himoyalash. Bugun ana shu jihatlar davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

— Erkin Jalilovich, xorijdagi vatandoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, ular bilan aloqalarni mustahkamlash borasida mamlakatimizda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham vatandoshlar mavzusi alohida tilga olindi. Jumladan, “Vatandoshlar” jamg‘armasini tuzish taklifi ilgari surildi. Dastlab bu tashabbusning ahamiyati xususida so‘zlab bersangiz.

— To‘g‘ri aytasiz, xorijdagi vatandoshlarimiz bilan hamkorlikni rivojlantirish, ularning yurtimiz taraqqiyotiga doir kreativ g‘oyalarini, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu jarayonda chet ellarda mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz taqdiriga ham befarqlik yo‘qoldi. Ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun ta’sirchan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bularning barchasiga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mustahkam siyosiy irodasi, aniq maqsadlar ko‘zlangan sa’y-harakatlari va tashabbuslari tufayli erishilmoqda.

Ayni shu yo‘nalishda hukumatimiz tomonidan bir qator hujjatlar qabul qilindi. Xorijda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi.

Hozir ko‘plab hamyurtlarimiz mamlakatimiz iqtisodiyoti, ijtimoiy soha, ilm-fan, madaniyat, sport va boshqa yo‘nalishlarni rivojlantirishga, ona Vatani — O‘zbekistonning obro‘sini yanada oshirish hamda uning tashqi dunyo bilan munosabatlarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi barcha taklif va tashabbuslar juda muhim ahamiyatga ega. Xususan, “Vatandoshlar” jamg‘armasini tuzish taklifining asosiy mazmun-mohiyati, avvalo, xorijdagi yurtdoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, rivojlantirishdan ибо­рат. Bu tashabbus vatandoshlarimiz bilan samarali ishlashning aniq mexanizmlarini yaratishga xizmat qiladi.

— O‘zbekistonlik ko‘p iqtidorli kadrlar turli sabablarga ko‘ra chet ellarga chiqib ketgani sir emas. Ular bor salohiyatini o‘zga yurtlarda namoyon qilib kelayotgan edi. Prezidentimiz tashabbusi bilan ularning ko‘pchiligi Vatanimizga qaytib kelib, bugun turli sohalarda samarali mehnat qilmoqda. Ayting-chi, O‘zbekistonga qaytgan yurtdoshlarimiz mamlakat ravnaqi uchun qanchalik hissa qo‘shishga ulgurdi?

— Darhaqiqat, ko‘plab vatandoshlarimiz yurtimizga qaytib, turli sohalar rivojiga o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Xususan, ular safidan yuqori malakali mutaxassislar davlat va xo‘jalik бош­қарuви organlari, joylardagi ijro hokimiyati hamda boshqa tashkilotlarga ishga qabul qilindi. Hozir ularning 150 dan ortig‘i rahbar hamda mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda.

Bundan tashqari, 30 dan ziyod xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan salohiyatli investorlar, malakali mutaxassislar, xalqaro tashkilotlar vakillari, olim hamda iqtidorli talabalardan iborat 480 dan ortiq vatandoshimiz ro‘yxati shakllantirildi.

Ular O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojiga o‘z hissalarini qo‘shish maqsadida turizm, daс­тuрлаш va axborot texnologiyalari, fan, ta’lim, tibbiyot, maishiy xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, dehqonchilik, chorvachilik, oziq-ovqat mahsulotlarini, qurilish мол­лариni ishlab chiqarish, eksport, import, bank-moliya, transport-logistika, energetika kabi sohalarda loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan.

Shu kungacha bu vatandoshlarimizning aksariyati bilan videomuloqotlar o‘tkazildi. Hozir viloyatlar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar bilan birga ular tomonidan bildirilgan loyihaviy takliflar amaliyotga tatbiq etish uchun ishlab chiqilmoqda.

Yana bir muhim jihatni alohida ta’kidlash zarur. Faol vatandoshlarimiz davlatimiz tomonidan alohida e’tirof etib kelinmoqda. bugungi kunga qadar AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Xitoyda istiqomat qilayotgan ayrim hamyurtlarimiz Vatanimizning yuksak davlat mukofotlari — “Do‘stlik” ordeni, “Shuhrat” va “Kelajak bunyodkori” medallari bilan taqdirlandi.

— Bu kabi e’tibor chet el­ларdagi vatandoshlarimizni ham ilhomlantirmoqda. O‘zlarini  O‘zbekistondagi islohotlarga daхл­дор sezib, uzoqdan turib bo‘lsa-da, mamlakatimiz ravnaqiga hissa qo‘shishga, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni targ‘ib qilishga undamoqda. Pirovardida, xorij mamlakatlarida ham vatandoshlarimiz tomonidan turli uyushmalar, diasporal tashkilotlar faoliyati yo‘lga qo‘yilyapti. Bu tashkilotlar bilan aloqalar qanday?

— Vatandoshlarimiz tomonidan tuzilgan uyushmalar, diasporal tashkilotlar bilan hamkorlik biz uchun muhim ahamiyatga ega. Chunki xorijdagi hamyurtlarimiz qalbida yurt bilan faxrlanish tuyg‘usini mustahkamlash, u yerda tug‘ilib o‘sayotgan farzandlar orasida urf-odatlarimiz va ona tilimizni keng yoyishda bunday tuzilmalarning o‘rni katta.

Shunday markazlar aslida O‘zbekistondagi siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy йў­налishlarda kechayotgan o‘zgarishlar va yangiliklar bilan bog‘liq xabarlarni yetkazishda ko‘proq vatandoshlarimizni qamrab olishga, ular bilan aloqaga kirishib, Vatanimiz manfaatlari yo‘lida hamkorlik o‘rnatishga imkoniyat yaratadi.

bugungi kunda O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari joylashgan mamlakatlarda va ularning konsullik okrugiga kiruvchi davlatlarda qator diasporal tashkilotlar, milliy madaniy markazlar faoliyat yuritmoqda. Vakolatxonalarimiz ana shu kabi tuzilmalarning 150 dan ortig‘i bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

Ular ishtirokida chet el davlatlarida O‘zbekistonning tarixi, madaniyati, urf-odatlari va milliy bayramlariga bag‘ishlangan hamda respublikamizning sayyohlik salohiyatini xorijiy jamoatchilikka keng targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Bundan tashqari, xalqimiz madaniyatini keng yoyish, o‘zbek tilini targ‘ib qilish, vatandoshlarimiz farzandlarida Vatan tuyg‘usini shakllantirish, o‘zligini unutmasligi maqsadida диас­порал uyushmalar qoshida kechki va yakshanbalik maktablar ochilmoqda. Ushbu muassasalarni o‘quv qurollari va o‘zbek tilidagi kitoblar bilan ta’minlash ishlari izchil davom ettirilyapti.

— Suhbatimizni mehnat migrantlari mavzusida davom ettirsak. Ularning manfaatlarini himoya qilish, muammo va ehtiyojlarini o‘rganish hamda hal qilish бў­йича qanday chora-tadbirlar ko‘rilmoqda?

— Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda 2016 yildan boshlab aholi bandligini ta’minlashning muhim jihati sifatida tashqi mehnat migratsiyasi masalasiga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Shu davrdan boshlab tashqi mehnat миг­рацияси jarayonini tartibga solish maqsadida uning turli jihatlarini qonuniylashtirishga qaratilgan qator iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Tartibli va samarali mehnat миг­рациясиni tashkil etish, birinchi нав­батda, oilalar daromadi oshishiga, iqtisodiyotda malakali mutaxassislar shakllanishiga xizmat qiladi. Shu sababli xorijiy davlatlarda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining ijtimoiy va mehnat huquqlariga rioya etishini nazarda tutadigan xalqaro hujjatlarni tuzishga qaratilgan ishlar bajarilmoqda. Rossiya, Қозоғис­тон, Turkiya va Janubiy Koreya davlatlari bilan mehnat миг­рацияси borasida xalqaro bitimlar imzolandi.

2020 yilning oktyabr oyida O‘zбекис­тон hukumati bilan Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Endilikda ushbu tashkilot bilan bitim ijrosi yuzasidan dasturlar ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston XMTning mehnat va migratsiya sohasidagi 16 ta universal xalqaro shartnomasi ishtirokchisi hisoblanadi. O‘tgan yilning o‘zida mamlakatimiz XMTning “Xalqaro mehnat standartlarini qo‘llashni rag‘batlantirish bo‘yicha uch tomonlama konsultatsiyalar” konvensiyasi (Jeneva, 1976 yil 21 iyun) va “Majburiy mehnat to‘g‘risida”gi konvensiyaning (Jeneva, 2014 yil 14 iyun) bayoniga qo‘shildi.

Xorijda ishlayotgan fuqarolarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoshida alohida jamg‘arma tashkil etildi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha Bosh vazir maslahatchisi lavozimi joriy etildi.

Mazkur sohada mavjud muammolarning yechimini topish, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat idoralarining aniq vazifalarini belgilab berish maqsadida Prezidentimiz rahbarligida o‘tgan yilning 17 avgust kuni tashqi migratsiya masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

2020 yilning 15 sentyabrida esa ­Prezidentimizning “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu hujjat asosida xorijiy davlatlarda o‘z mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi sub’ektlarning faoliyatini tartibga solish, vaqtinchalik mehnat faoliyatini yakunlab, vataniga qaytib kelgan fuqarolarning реинтег­рациясиni ta’minlash, ularning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan yangi tizim joriy qilinmoqda.

Mazkur hujjatning samarali ijrosini ta’minlash maqsadida Tashqi ishlar vazirligining maxsus chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan va u amalga oshirilmoqda.

Qisqa muddat ichida O‘zbekiston ­Respublikasining xorijdagi diplomatik va konsullik muassasalari tomonidan chet davlatlarda mavjud bo‘lgan 12 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari aniqlandi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda ushbu bo‘sh ish o‘rinlariga fuqarolarimizni joylashtirish maqsadida xorijiy tashkilotlar bilan ishlar olib borildi.

Mamlakatimiz fuqarolari eng ko‘p boradigan davlatlar — Rossiya, Qozog‘iston va Turkiya hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarimiz huquqlarini himoya qilish maqsadida bu davlatlarning nufuzli advokatlik firmalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

 — Qaysi mavzuda gaplashmaylik, koronavirusning salbiy ta’siri haqida aytyapmiz. Bu mehnat миг­рацияси jarayonlariga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, pandemiya sharoitida xorijdagi fuqarolarimiz turli sinovlarga duch keldi. Ularga o‘z vaqtida konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish va O‘zbekistonga qaytib kelishini tashkillashtirish bo‘yicha vazirlik tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida aytib o‘tsangiz.

— Bunday vaziyatda xorijda qolgan vatandoshlarimizga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, 2020 yil 25 yanvardan buyon Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi maxsus shtab faoliyati doirasida 550 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Vatanimizga qaytarildi. Ulardan 340 mingdan ziyodi charter reyslar, 55 минг­га yaqini temir yo‘llar va 165 mingga yaqin fuqaro davlat chegara nazorat o‘tish punkti orqali olib kelindi. Chet elda qiyin ahvolda qolgan 100 mingga yaqin vatandoshimizga yordam ko‘rsatildi. Hozir xorij davlatlaridan qaytish istagini bildirgan barcha yurtdoshlarimiz O‘zбекис­тонга qaytarildi.

Chet elda yashash uchun mablag‘larsiz va og‘ir ahvolda qolgan 60 mingdan ziyod fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari, mehmonxonalarga vaqtinchalik joylash va naqd pul taqdim etish shaklida moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

Koronavirus pandemiyasi davrida xorijiy davlatlar tomonidan 19 million AQSH dollari miqdorida beg‘araz insonparvarlik yuklarini ­O‘zbekistonga yetkazish hamda vazirlik va idoralar o‘rtasida taqsimlash tashkillashtirildi.

O‘zbekistonda koronavirus ин­фек­ция­сиniнг tarqalishiga qarshi samarali kurashish maqsadida Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Xitoy va Rossiyadan yetakchi tibbiyot mutaxassislari jalb qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash uchun konsullik xodimlarining ish va uyali telefon aloqalari Tashqi ishlar vazirligi, xorijdagi diplomatik vakolatxona hamda konsullik muassasalar rasmiy sayti orqali e’lon qilib borildi.

 — Vatandoshlarimiz eng ko‘p bo‘lgan mamlakatlardan biri Rossiya Federatsiyasi hisoblanadi. Bu yerda ishlayotgan fuqarolarimizning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda qanday qulayлик­лар yaratilmoqda?

— Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan ­O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, noqonuniy migratsiyaning oldini olish bo‘yicha O‘zbekiston — Rossiya o‘rtasida 5 ta xalqaro bitim imzolangan.

Rossiya va boshqa xorijiy davlatlarda yurtimizning mehnat migrantlariga huquqiy yordam beradigan “Call-markaz”ni Moskva shahrida tashkil etish bo‘yicha ishlar o‘z nihoyasiga yetmoqda.

2020 yil oktyabr oyida Sankt-Peterburg shahrida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birgalikda o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari uchun “Ishga marhamat” adaptatsiya markazi ishga tushirildi.

Yekaterinburg, Novosibirsk, Samara va Ufa shaharlarida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalarini ochishga ko‘mak berildi. Vakolatxonalar 2020 yil sentyabr oyidan o‘z faoliyatini boshlab yubordi.

O‘zbekistonda Rossiyaning migratsiya markazlari ofislarini ochish va ushbu davlatda ishlash huquqini beruvchi patent olish tartibini osonlashtirish maqsadida O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Rossiya Ichki ishlar vazirligining “Pasport-viza xizmati” tashkiloti hamda Moskva shahridagi “Ko‘p tarmoqli migratsiya markazi” muassasalari o‘rtasida hamkorlik kelishuvini imzolashda ko‘mak berildi.

Fuqarolarimizga chet tilini va talab katta bo‘lgan kasb-hunarlarni o‘rgatish maqsadida qisqa muddatda Rossiyaning 10 dan ortiq yirik o‘quv markazlari bilan kelishuvlarga erishildi. Jumladan, Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti va “Vorldskills Rossiya” tashkilotlari bilan  O‘zbekistondan kelgan migrantlarni o‘qitish, yotoqxona bilan ta’minlash, bitiruvchilarga Rossiya hududida amal qiladigan sertifikat berish bo‘yicha kelishildi. Ayni paytda fuqarolarimiz ushbu markazlarda o‘qimoqda.

Shuningdek, o‘tgan yildan viloyatlar hokimliklarini ham tashqi mehnat миг­рацияси faoliyatiga doir masalalarni hal etishga tizimli jalb etish bo‘yicha ishlar boshlandi. Shu maqsadda ҳокимлик­лар mas’ullarining Rossiya Federatsiyasi hududlariga tashriflari tashkil etildi hamda videoanjumanlar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, 2021 yil davomida Rossiya hududida o‘zbekistonlik mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilishga qaratilgan boshqa qator muhim chora-tadbirlar ham rejalashtirilgan. Ular haqida gazetxonlarga batafsil axborotlar berib boramiz.

Bir so‘z bilan aytganda, xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash va mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash mamlakatimiz ravnaqiga xizmat qiladi. O‘z navbatida, O‘zbekistonning xalqchil siyosatini dunyoga tanitib, xalqaro nufuzini yanada oshiradi.

O‘zA