Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) talqini bo‘yicha 2011-2020 yillar oralig‘idagi eng yaxshi referilar ro‘yxati tuzildi.
IFFHS hakamlarning har bir yildagi reytingini oldi va shu orqali ularni baholadi. Yil hakami bo‘lganlarga 20 ball, 2-o‘rindagilarga 19 ball, 3-pog‘onadagilarga esa 17 ochko berildi va 20-o‘ringa qadar shu taqlid baholandi.
Unga ko‘ra, yetakchi sifatida germaniyalik Feliks Brix (141 ball) qayd etildi. Undan 1 ochkoga ortda qolgan turkiyalik Junayt Chaqir esa 2-bo‘ldi. So‘nggi o‘n yillik eng kuchli hakamlari uchligini niderlandiyalik Born Kyoypers yakunlab berdi.
Hamyurtimiz Ravshan Ermatov esa 33 ball bilan 16-pog‘onadan joy oldi. U Yunas Eriksson (Shvetsiya), Kleman Tyurpen (Fransiya) va Alirizo Fag‘oni (Eron)dan yuqorida turibdi.