Ayni kunlarda “Jenoa” jamoasida muvaffaqiyat qozonayotgan futbolchimiz Eldor Shomurodovga Italiyaning eng nomdor jamoasi – “Yuventus” qiziqa boshlagani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.

Mazkur holatga Turin superklubi sport direktori Fabio Paratichi quyidagicha izoh berdi:

– Eldor Shomurodov va Janluka Skamakka masalasiga aniqlik kiritish uchun shuni aytishim kerakki, ayni paytda jamoamiz raqobatbardosh hisoblanadi. Agar biz transfer bozorida biz uchun ijobiy imkoniyatlar yuzaga kelganini ko‘rsak, o‘shanda bir qarorga kelamiz. Hozircha, bu borada shoshilishga hojat yo‘q, – dedi Fabio Paratichi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov 2020 yilning oktyabr oyida “Rostov”dan “Jenoa” tarkibiga kelib qo‘shildi. Iste’dodli futbolchimiz “A” Seriyada jami 11 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga ikkita gol va bitta golli uzatmani yozib qo‘ydi. E.Shomurodov “Jenoa” bilan to‘rt yillik shartnomaga ega.

O‘zA