O‘zbekiston terma jamoasi va “Paxtakor” klubi yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov faoliyatini endi BAA chempionatida davom ettiradi.

Hamdamov rasman Dubayning “Al Nasr” klubi a’zosiga aylandi. Bu haqda jamoa rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Doston yangi jamoasi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi. BAA premer ligasida 12-turdan keyin “Al Nasr” 24 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.

O‘zA