Qirg‘izistonda 14:00 gacha prezident saylovida 18,56, referendumda 18,55 foiz saylovchi ovozi qayd etildi. Bu haqda MSK raisi Nurjan Shayldabekova ma’lum qildi.

Aholi soniga nisbatan jarayonda ishtirok etgan fuqarolar miqdori bo‘yicha foiz hisobida eng yuqori ko‘rsatkich O‘sh shahrida qayd etildi – 23,31 foiz.  Issiq-Ko‘l va Norin viloyatlarida ham ayni nisbat 20 foizdan baland

Shayldabekovaning so‘zlariga qaraganda, xorijiy davlatlarda tashkil etilgan uchastkalarda ro‘yxatdan o‘tgan saylovchilarning 10,1 foizi ovoz berib bo‘ldi. Vashingtonda esa saylov uchastkasi Bishkek vaqti bilan 19:00 da ochiladi.

O‘zA