Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha ikki kunlik o‘quv-seminari o‘tkazilmoqda.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mas’ul xodimlari, Agentlikning viloyat filiallari boshliqlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari ishtirok etayotgan o‘quv-seminarda 2020 yilda mamlakatimizda tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish va migrantlarni qo‘llab-quvvatlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.