Jabrlanuvchiga sezdirmasdan plastik kartasidan 4 million 970 ming so‘m pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlagan.

Joriy yilning 5 yanvar kuni noma’lum shaxs Furqat tumanida yashovchi Q.Ch. ismli ayolning nomiga tegishli bank tomonidan rasmiylashtirilgan plastik kartasini uyali aloqa apparatiga o‘rnatiladigan “Click” tizimi orqali boshqarish imkoniyatini qo‘lga kiritgan. Jabrlanuvchiga sezdirmasdan plastik kartasidan 4 million 970 ming so‘m pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlagan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni fuqaro X.N. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunchilikka asosan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin, deyiladi Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabarida.

M.Sulaymonov, O‘zA