Madridning “Real” jamoasi himoyachisi Serxio Ramos yozda “Manchester Siti”ga o‘tmaydigan bo‘ldi.
“Manchester Siti” mutasaddi rahbarlari ispaniyalik himoyachining transferini tahlil qildi va kelishuv klub uchun foydasiz, deb topdi.
Shuningdek, Ramosning yuqori maosh xohlashi jamoa uchun qiyinchilik tug‘dirishi ham mazkur transferning barbod bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, S.Ramos “Qirollik klubi” bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Ramosning amaldagi bitimi joriy yil yozida yakuniga yetadi.