O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi birinchi qismining 3-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
1. Quyidagilar:
Baxriddin Azimovich Naimov muddatsiz davrga
Dilbar Keldiyorovna Israilova o‘n yil muddatga
Janagul Ismaylovna Balkibayeva muddatsiz davrga
Mukaddas Ziyadullayevna Gulamova o‘n yil muddatga
Novruz Babakulovich Raxmanov o‘n yil muddatga
Tuygun Mamatkulovich Kurbanov o‘n yil muddatga
Xusnora Turadjonovna Xakimova o‘n yil muddatga
Shuxrat Zafarovich Saidov o‘n yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy cudining sudyasi lavozimiga saylansin.
2. Boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan:
Botirali Murodovich Diyorov
Davlatmirza Kazakdjanovich Kamilov
Olim Buriyevich Xayitov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi