Hozirgi vaqtda davlat ishtirokidagi korxonalarning aksariyati moliyaviy barqaror bo‘lmaganligi uchun davlatga og‘ir yuk bo‘lib kelmoqda.

Joriy yildan barcha davlat korxonalarini isloh qilish dasturi amalga oshiriladi. Jumladan, kelgusi yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “O‘zbekneftgaz”,  “O‘zbekgidrogeologiya”, “O‘zavtosanoa”t xalqaro moliya bozoriga chiqib, davlat kafolatisiz mablag‘ jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

– 2021 yilda avtomobil sanoatida sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida sohada ishlab chiqaruvchilar soni ko‘paytiriladi, – dedi davlatimiz rahbari.