Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasi davom etmoqda.

O‘zbekitsonda 2021 yildan vaqtincha ishsizlik nafaqasi 3 barobar oshirilib, 6 ta hujjat talab etish bekor qilinadi.

2021 yil 1 martdan boshlab aholining minimal iste’mol xarajatlari e’lon qilib boriladi.

Mahallalarda aholini kasb-hunarga o‘qitadigan mingdan ziyod markazlar tashkil etilib, ularda o‘qigan har bir shaxs uchun 1 million so‘mgacha subsidiya beriladi, bunga byudjetdan 100 milliard so‘m ajratiladi.

Elektr energetikasi, neft-gaz, kimyo sanoati, mashinasozlikdagi yirik korxonalar va tijorat banklarini transformatsiya qilish jarayonlariga Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda «MakKinzi», «Boston konsalting Grupp», «Rotshild» kabi xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik boshlandi.