“Jizzax-Samarqand” yo‘nalishi bo‘ylab “Nexia” avtomobili kuzatuvida harakatlanayotgan “GAZ-53” rusumli yuk avtomashinasi “Sangzor-15” yo‘l-patrul xizmati xodimlarida shubha uyg‘otdi. Postda to‘xtamasdan o‘tgan yuk mashinasini tutishga harakat qilgan ichki ishlar xodimlariga ikkinchi mashinadagi shaxslar jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Orqadan ta’qib qilib kelayotgan harakat xavfsizligi xizmati mashinasining yo‘lini to‘sib, yuk mashinasining qochib ketishiga sharoit yaratishga harakat qildi.

Shubhali avtomashinalardagi shaxslarni qo‘lga olish uchun viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari “to‘sib ushlash” tadbirini amalga oshirishiga to‘g‘ri keldi. Tadbir davomida ta’qib qilinayotgan shaxslar ichki ishlar xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatishda davom etdi.

Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining shubhasi asosli bo‘lib chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, nazoratdan qochishga harakat qilgan shaxslar “Gaz-53” avtomashinasida qo‘shni viloyatga katta miqdorda selitra o‘g‘itini noqonuniy olib chiqib ketayotgan ekan.

Mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Toshqul Beknazarov, O‘z