Gruziya Yevroittifoqqa aʼzo boʻlib kirish uchun ariza bermoqchi

Gruziya yevropalik hamkorlar bilan muvofiqlashuv va kelishuvlardan keyin 2024-yilda Yevroittifoqqa aʼzo boʻlib kirish uchun ariza bermoqchi.
Mamlakat tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani “Radio Imedi” efirida shunday fikrni aytdi.
“Biz shu pallaga borish uchun muhim ishlarni amalga oshirdik, bu davomli va juda jiddiy ishchi jarayon”, dedi vazir.
Uningcha, Gruziya Yevroittifoq talablariga mos tarzda viza tartibini liberallashtirish, erkin savdo va boshqalar borasidagi harakatlari tufayli Gruziya mana shunday pallaga yaqinlashmoqda.

 

O’zA