“Facebook” pandemiya davrida vaksinatsiya haqidagi yolgʻon xabarlar tarqalishiga qarshi kurashmoqda

“Facebook Inc.” kompaniyasi oʻzining shu nomdagi ijtimoiy tarmogʻida odamlarni vaksinatsiya tadbirlariga ishtirok etishdan qaytarishga chorlovchi reklamalar joylashtirilishi taqiqlanishini maʼlum qildi.
“INTERFAX.RU” xabarida aytilishicha, kompaniyaning mazkur qarori pandemiya davrida vaksinatsiya haqidagi yolgʻon xabarlar tarqalib ketishiga qarshi kurashish maqsadida chiqarilgan.
Bungacha ijtimoiy tarmoq manziliga ayni shu yoʻnalishdagi yolgʻon xabarlarni toʻxtatib qololmaslik boʻyicha qator eʼtirozlar bildirilgandi.
“Facebook” kompaniyasi yaqin kunlarda oʻz tarmogʻi va “Instagram”ning mazkur mavzudagi reklamalardan tozalanishiga vaʼda berdi.

 

O’zA