Qoʻshimcha poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasining chekka hududidagi Jaslыk bekatigacha boradigan yoʻlovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida oktyabr oyida qoʻshimcha poyezdlar qatnovi amalga oshirilmoqda.

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” jamiyatidan maʼlum qilishicha, ushbu yoʻlovchi poyezdi 2020-yil 15, 19, 22, 25, 29 va 30-oktyabr kunlari Toshkent markaziy vokzalidan soat 23:20 da joʻnaydi.

Mazkur poyezd harakati davomida Samarqand, Buxoro, Misken, Qoʻngʻirot vokzallari orqali oʻtib Jaslыk bekatigacha boradi.

Yoʻlovchilar chiptalarni elektron shaklda ham bemalol sotib olishlari mumkin.

 

OʻzA