Faol yoshlarga koʻkrak nishoni topshirildi

Nukus shahridagi Yoshlar markazida Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 4 nafar yigit-qizga “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni topshirildi.
Shu munosabat boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi, senator A.Daniyarov, “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi ijrochi direktori X. Sattorov va boshqalar pandemiya davrida yuzaga kelgan havf-xatarga qarshi samarali kurashish hamda uning oqibatlarini bartaraf etishda Orolboʻyi koʻngilli yoshlari ham faol ishtirok etganini taʼkidladi.
photo_2020-10-14_18-27-02.jpg
Jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami, boquvchisi boʻlmagan keksalarga, kam taʼminlangan oilalarga, karantin sababli kunlik daromad manbaini yoʻqotgan odamlarga turli oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa kundalik ehtiyoj mahsulotlarini oʻz vaqtida yetkazib berishda “Yoshlar kelajagimiz” jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy koordinatori Bolatbek Baxbergenov, 1197 qisqa raqamli “Call center” markazida begʻaraz xizmat koʻrsatgan koʻngilli yoshlardan Salamat Saydjanov, Gulzar Yerkebayeva, Bekbosin Adilboyevlarning mehnati alohida qayd etildi.
photo_2020-10-14_18-27-08.jpg
–Jahon miqyosida global muammoga aylangan koronavirus pandemiyasi davrida begʻaraz homiylik yordam koʻrsatishda koʻpchilikka oʻrnak boʻlgan yoshlar qatorida men ham ushbu mukofotga loyiq topilganimdan minnatdorman, –deydi “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni sohibi Gulzar Yerkebayeva. – Ushbu mukofot biz yoshlarga katta masʼuliyat yuklaydi.
Tadbirda koʻkrak nishonlari oʻz egalariga topshirildi.

 

Dovud ABIBULLAYEV, Maqsad HABIBULLAYEV (surat), OʻzA