Oʻzbekiston 698 million dollarlik meva-sabzavot eksport qildi

“Oʻzbekiston eksportchilari” uyushmasi maʼlumotiga koʻra, 2020-yilning yanvar-sentyabr oylarida mamlakatimizdan 62 ta davlatga qiymati 698 million dollarlik 1 million 93 ming tonna meva-sabzavot eksport qilingan.
Jumladan, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarda sabzavotlar ulushi 482,9 ming tonnani, mevalar 256,8 ming tonna, uzum 111,2 ming tonna, dukkakli mahsulotlar 75,2 ming tonna, yongʻoq 8,5 ming tonna, poliz mahsulotlari 101,2 ming tonna va quritilgan meva-sabzavotlar 55,7 ming tonnani tashkil etadi.
Mazkur meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy xaridorlari Qozogʻiston (196,2 million dollar) Rossiya (195,1 million dollar), Qirgʻiziston (139,5 million dollar), Afgʻoniston (32,3 million dollor), Pokiston (29,8 million dollar) va Xitoy (17,1 million dollar) hisoblanadi.

 

OʻzA