Respublikachilar partiyasidan Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchiligiga da’vogar Donald Trampning prezident saylovidagi g‘alabasini birinchilardan bo‘lib e’lon qilgan “The Hill” nashridan so‘ng “Fox News” ham ayni xabarni tarqatdi.
Sobiq Prezident AQSH tarixida bir muddat tanaffusdan so‘ng hokimiyat tepasiga qayta olgan ikkinchi siyosatchiga aylanishi mumkin. Hozirgacha u talab etiladigan qo‘llovdan 7 ta ko‘p, ya’ni 277 ovoz yiqqani, Kamala Xarris esa 226 ball to‘plagani aytilmoqda.
Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida Tramp tantana va qizg‘in olqishlar bilan kutib olingani qo‘shimcha qilingan. Uni Salvador Prezidenti Nayib Bukele davlat rahbarlari orasida birinchi bo‘lib g‘alaba munosabati bilan qutlashga ham ulgurdi.
OAV vakillari tebranuvchi shtat hisoblangan Pensilvaniyadagi ustunlik keskin raqobatda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lganini taxmin qilishyapti.
Eslatib o‘tamiz, saylov orqali AQSH Senatidagi 51 o‘rinni respublikachilar, 42 joyni demokratlar egallagani oydinlashdi. Vakillar palatasi o‘rinlari uchun kurash 187 ga 163 – mos ravishda Respublikachilar partiyasi foydasiga tugadi. Demak, bu borada ham Tramp jamoasi oldinda.
O‘zA