Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentligiga Respublikachi nomzod Donald Tramp Floridadagi tarafdorlari oldida chiqish qilib, o‘z natijasini “AQSH tarixida hech qachon kuzatilmagan siyosiy g‘alaba” deb atadi va saylovchilarga qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik izhor etdi.
O‘z navbatida Trampni tabriklab ko‘plab siyosatchilar, davlat rahbarlari tabrik yo‘llamoqda. Jumladan, kichik Kennedi “Donald Trampni tarixiy g‘alaba bilan tabriklaymiz, mamlakatni birlashtirib, Amerikani yana sog‘lom qilaylik!” – deb yozdi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Avstriya kansleri qutlov nomasida AQSH muhim strategik hamkor ekanini aytib, mamlakatlar o‘zaro munosabat kengayishiga umid bildirdi. Serbiya va Fransiya yetakchilari ham respublikachini tabrikladi.
Tramp 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan ko‘proq ovoz oldi, deb yozdi “NBC News” amerikalik saylovchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovdan so‘ng.
Sanoq byulletenlariga asoslangan ma’lumotga ko‘ra, Xarrisga nisbatan ustunlik mamlakat miqyosida besh milliondan ziyod ovozni tashkil etdi.