Turkiya Qirg‘iz Respublikasining 62,3 million dollar qarzidan kechdi. Bu xabarni Prezident Sadir Japarov Bishkekda turkiyalik hamkasbi Rejep Tayyip Erdog‘an bilan kechgan muzokara yakunida ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, Qirg‘izistonning joriy yil oxirida shakllangan tashqi qarzi yashil iqtisodiyotga oid loyihalar evaziga hisobdan chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2013 yil ham Turkiya Qirg‘izistonning 50 million dollarlik qarzidan kechgan.