MDH doirasida axborot sohasidagi hamkorlikka oid maslahatlashuv toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasining MDHga raisligi doirasida “Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlarining axborot sohasidagi hamkorligi” mavzusida vazirliklararo maslahatlashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda mamlakatimiz Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Rossiya, Tojikiston, Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirliklari hamda Hamdoʻstlik Ijroiya qoʻmitasi tegishli tarkibiy boʻlimlari rahbarlari va vakillari ishtirok etgan videokonferensiyada koronavirus pandemiyasi sharoitida MDH doirasidagi tadbirlarni yoritish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va ushbu sohadagi imkoniyatlardan axborot sohasida faol foydalanish bilan bogʻliq dolzarb masalalar muhokama qilindi.Tomonlar milliy va xorijiy OAV vakillari hamda axborot makonidagi yangi ishtirokchilar bilan ishlashning zamonaviy usullari toʻgʻrisida fikr almashdilar.

Maslahatlashuv konstruktiv va doʻstona muhitda kechdi. Tadbir yakuni boʻyicha tegishli Bayonnoma imzolandi.

 

OʻzA