Melburn shahrida tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatining saralash bahslari ikkinchi davra o‘yinlari o‘tkazildi.
Unda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov chexiyalik Dalibor Svrchina bilan kuch sinashdi. Uch set davom etgan bahsda tennischimiz afsuski, 6:3, 6:7, 7:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Endi D.Svrchina saralash o‘yinlarining final bosqichida ispaniyalik Martin Landalusega qarshi kortga chiqadi. Mazkur bahs ertaga, 9 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA