Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In KXDRning eng yangi giper tovushli ballistik raketasi har qanday raketaga qarshi mudofaa tizimini yorib o‘tishga qodirligini aytdi. Koreya Markaziy telegraf agentligi uning quyidagi so‘zlarini iqtibos sifatida keltirgan:
– Bizning eng yangi o‘rta masofaga mo‘ljallangan giper tovushli raketa tizimimiz jangovar qobiliyatini dunyodagi hech bir davlat e’tiborsiz qoldirolmaydi. Ushbu qurilma dushmanga kuchli harbiy zarar yetkazish, har qanday zich raketadan iborat mudofaa tizimini samarali yengib o‘tishga qodir.
Shimoliy Koreya yetakchisi ta’kidlaganidek, mazkur zamonaviy aslaha mamlakatning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi raqiblarini tiyish maqsadini ko‘zlaydi.
Pxenyan yaqinidagi maydondan shimoli-sharq tomonga uchirilgan raketaning giper tovushli siljish kallagi rejalashtirilgan trayektoriya bo‘ylab tovush tezligidan 12 marta tez uchgan. Parvozning birinchi maksimal tezligi soniyasiga 99,8 kilometrni tashkil etgan.