Italiyaning Milan shahrida media-futbol bo‘yicha davom etayotgan “Kings League-2025” jahon kubogida mamlakatimizning “Unwanted boys” jamoasi chorak finalga yo‘l oldi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, “Unwanted boys” media-jamoasi musobaqaning pley-off bosqichida Peru termasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 5:4 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa 1/4 final bosqichiga yo‘l olgan jamoamiz endi yarim final yo‘llanmasi uchun Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bahs bugun, 8 yanvar kuni o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston media-futbol jamoasi musobaqa doirasida dastlab Saudiya Arabistonini mag‘lub etgan bo‘lsa, AQSH termasiga imkoniyatni boy berdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA