Oʻzbekistonda benzin importi oshdimi?

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan sakkiz oy mobaynida import qilingan benzinning eng koʻp hajmi Qozogʻiston (47,7 mln. l.), Rossiya (36,5 mln. l.), Turkmaniston (5,6 mln. l.) va 232,1 ming litr bilan Qirgʻiz Respublikasi hissasiga toʻgʻri kelgan.

Joriy yilning 1-sentyabr holatiga Oʻzbekistonda xorijdan import qilingan avtomobil benzini hajmi 90,1 million litrni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 87 million litrga oshgan.

Qayd etish kerakki, 2020-yilning 1-sentyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 694,2 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan.

 

OʻzA