Yaponiyaning “EKSPO-2025” butunjahon koʻrgazmasi masalalari boʻyicha vaziri Sindzi Inoue 27-sentyabrda Yumesimuga – mazkur xalqaro tadbir boʻlib oʻtuvchi sunʼiy orolga tashrif buyurdi.
“Jiji Press” agentligi xabarida aytilishicha, Inoue oʻzining mazkur lavozimdagi ilk tashrifi davomida prefektura va shahar rahbarlari bilan uchrashgan.
Siyosatchilar mamlakatdagi yuksak texnologik yutuqlarni butun dunyoga namoyish qilishga tayyorgarlikni jadallashtirishni muhokama qildi.
Eslatib oʻtamiz, butunjahon “EKSPO-2025” koʻrgazmasi 2025-yilning aprelidan oktyabrigacha, Osaka boʻgʻozidagi Yumesima sunʼiy orolida oʻtkaziladi.
O’zA