Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surgan tashabbuslari hamda bayonotlari bugungi kunda eng dolzarb ahamyatga ega boʻlgan, pandemiya paytida alohida keskinlik kasb etgan muammolarni va ularni faqat jahon hamjamiyati kuchlarini birlashtirish orqali hal qilish mumkinligini koʻrsatib berdi.
Taʼkidlash zarurki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbuslari nafaqat Oʻzbekiston, yoki Markaziy Osiyo mintaqasi rivojlanishiga, balki butun dunyo taraqqiyotiga qoʻshilgan muhim hissadir.
Ishonchim komilki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi xalqaro kodeksini ishlab chiqish, shuningdek Markaziy Osiyoda hamkorlikni mustahkamlash, umumjahon madaniy va ekologik merosini saqlash masalalari butun dunyo eʼtiborini oʻziga jalb qildi.
Verner Fasslabend,
Avstriyaning Yevropa siyosati va xavfsizlik siyosati instituti prezidenti (AIES) (Avstriya).
O’zA