Dunyoda yangi Oʻzbekiston paydo boʻldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi umumiy muhokamalaridagi nuqtini katta qiziqish bilan kuzatdim. 
Dunyoda koronavirus pandemiyasi davom etayotgan, hozirgi jahon hamjamiyati duch kelayotgan turli tahdidlar sharoitida Oʻzbekiston rahbarining tashabbuslari oʻta dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi xalqaro kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish, shuningek COVID-19 ga qarshi zarur dori-darmon hamda vaksinalar ishlab chiqish va ulardan keng foydalanishga qaratilgan tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tashabbuslari alohida eʼtiborga sazovor.
Koronavirus pandemiyasi koʻp odamlarning umriga zomin boʻldi, ijtimoiy-iqtisodiy soha uchun jiddiy tahdidga aylandi, haqiqiy salohiyatni va global miqyosda sogʻliqni saqlash tizimlarining samaradorligini belgiladi. Virusga qarshi preparat yaratilishi bilan uning adlolatsiz taqsimlanishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.
Malayziya hukumati ham koronavirusga qarshi vaksinadan barcha mamlakatlar va xalqlar foydalanishi tarafdori. Bu borada hech qaday kamsitishga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi, zero COVID-19 hech kimni ayamaydi va qurbon tanlamaydi.
Shak-shubhasiz, jahonda yangi Oʻzbekiston paydo boʻldi, deb aytish mumkin.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning oqilona siyosati tufayli Markaziy Osiyo mintaqasida mintaqa mamlakatlari oʻrtasida har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi siyosiy landshaft yaratildi.
Oʻzbekiston oʻzining toʻgʻri rivojlanish yoʻlidan davom etmoqda.
Oʻzbekiston hukumatining davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida raqamli iqtisodiyotni va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga oid rejalari ham shunday dalolat beradi.
Malayziya shuningdek mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha faol chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Globallashuv sharoitida bunday yondashuvlar mamlakatning uzluksiz iqtisodiy oʻsishini taʼminlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan Oʻzbekiston rahbarining kambagʻallikka barham berish va oziq-ovqat xavfzsizligiga bagʻishlangan global sammitni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari nihoyatda dolzarb, zero koronavirus pandemiyasi, afsuski, hech bir istisnosiz dunyoning har bir davlatida ijtimoiy-iqtisodiy sohada ulkan inqiroz vujudga kelishiga sabab boʻldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev, shubhasiz, Afgʻoniston muammosini hal qilishda muhim va salmoqli oʻrin egallaydi.
Oʻzbekiston samimiy ravishda, biron bir siyosiy yoki koʻzga koʻrinmas maqsadlarni kun tartibiga qoʻymasdan Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish tarafdori boʻlib kelmoqda. Umid qilamanki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzurida doimiy faoliyat koʻrsatadigan qoʻmita tashkil etish orqali Afgʻoniston boʻyicha xalqaro hamkorlikning yangi shaklini yaratish toʻgʻrisidagi taklifi ham xalqaro hamjamiyat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.
Maks Sey,
“Kingsley Strategic Institute for Asia Pacific” ijrochi direktori

 

O’zA