Qaysi hudud aholisida eng koʻp avtotransport vositalari mavjud?

2020-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtotransport vositalarining soni 2 580 133 tani tashkil etgan.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, mazkur avtotransport vositalaridan:
Yengil avtomobillar – 2 410 421 ta
Yuk avtomobillari – 150 294 ta
Avtobuslar – 5 072 ta
Mikroavtobuslar – 10 590 ta
Maxsus transportlar – 3 756 ta
Maʼlumot oʻrnida, 2020-yil 1-yanvar holatiga respublika hududlarida eng koʻp Samarqand (311 997 ta), Toshkent (253 073 ta) va Fargʻona (243 230 ta ) viloyatlari aholisida avtotransport vositalari mavjud.

 

OʻzA