Beruniy tumanida COVID-19 taqsimlash markazida goʻdak dunyoga keldi.
Goʻdakda koronavirus belgilari aniqlanmagan, deb xabar bermoqda Beruniy tumani matbuot xizmati.
“Taqsimlash markazida chaqaloq dunyoga keldi. Infeksiyaga chalingan ona, qiz farzandni dunyoga keltirgach oʻzini ancha yaxshi his qilayotganligini aytib shifokorlarga minnatdorlik bildirdi. Tugʻruq jarayonini ginekolog M.Fayzullayeva olib borgan boʻlsa, xamshiralar S.Avezova va D.Baltakovalar yordamlashdi. Ona va bolaning ahvoli doimiy nazoratda” deyiladi Beruniy tumani matbuot xizmati xabarida.
Ye.Qanoatov, OʻzA