Valyutafurush qoʻlga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish dyepartamentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumani boʻlimi tomonidan fuqaro F.G.ning arizasiga asosan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ancha miqdordagi chet el valyutalarini noqonuniy sotish holati aniqlandi.

Jumladan, fuqaro J.A. Toʻrtkoʻl tumani, “Shoʻraxon” ovul fuqarolar yigʻini hududida joylashgan oshxonada ariza muallifi fuqaro F.G.ga har bir Rossiya rublini 145 soʻmdan hisoblab, 172400 Rossiya rublini jami
24998000 soʻmga qonunga xilof ravishda sotayotgan vaqtida ushlandi. Tadbir natijasida fuqaro J.A.dan jami 172400 Rossiya rubli ashyoviy dalil tariqasida olindi.Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan joriy yil 8-sentyabr holatiga 1 Rossiya rublining soʻmga nisbatan qiymati 136 soʻm 28 tiyin qilib belgilangan boʻlib, ushbu fuqaroning sotgan 172400 Rossiya rubli 23494672 soʻmni tashkil qiladi.

Mazkur holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA