15 noyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritildi.
Qonunga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda:
— jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik) faoliyatidan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi;
— uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi;
— tutzorlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent qo‘llanilgan holda hisoblab chiqariladi.
O‘zA