15 noyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Qonun bilan yuqori barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun rag‘batlantirish choralari joriy etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda:
— yuqori barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan soliqlar bo‘yicha (bundan QQS mustasno) ortiqcha to‘langan summani qaytarish 3 kunlik muddatda amalga oshiriladi;
— reyting bo‘yicha «AAA» toifadagi tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan esa soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (bundan jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar mustasno) va mazkur toifadagi tadbirkorlik sub’ektlariga QQS summasi o‘rnini qoplash tekshiruvlar o‘tkazilmasdan 1 kunlik muddatda amalga oshiriladi.
O‘zA