Nukusda yangi korxona ish boshladi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida yiliga 200 tonna baliq va 5000 tonna yem ishlab chiqirish quvvatiga ega korxona ochildi.

Bu haqda Qoraqalpogʻiston axborot agentligi maʼlum qildi.“Qoraqalpoq baliq” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli “Intensiv tarzda baliq yetishtirish va uni qayta ishlash” loyihasi doirasida tashkil etilgan korxonaga Nukus shahar hokimining qarori bilan 1,2 gektar yer maydoni ajratildi. Umumiy qiymati 15 milliard soʻm boʻlgan korxonada 35 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Bu yerda xodimlar uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan uskunalar raqamli texnologiyalar yordamida boshqariladi. Kelgusida korxona Orolboʻyi aholisini baliq va baliq mahsulotlari bilan taʼminlaydigan asosiy manbaga aylanishi shubhasiz.

 

Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA