Magistraturaga kirish uchun testlar soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoni bilan Respublika OTMning magistraturasiga kirish imtihonlari boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Magistraturaga oʻqishga kirishda eng koʻp (maksimal) toʻplanishi mumkin boʻlgan ball – 250 ball.Shundan:

tegishli mutaxassislik fanlari boʻyicha 2,3 balldan 30 ta test savoli uchun jami 69 ball;

talabgorning ilmiy-pedagogik layoqati (yoki ilm olish qobiliyati)ni aniqlash boʻyicha 3,1 balldan 10 test savoli uchun jami 31 ball;

chet tili boʻyicha 2 balldan 25 ta test savoli uchun jami 50 ball;

bitiruvchining umumiy reytingi yoki oʻzlashtirish koʻrsatkichi (diplom boʻyicha) – 100 ball.

Talabgorga test yechish uchun 130 daqiqa ajratiladi.

 

OʻzA