Samarqand aeroporti kitob koʻrinishida boʻladi

Shu kunlarda Samarqand xalqaro aeroportida rekonstruksiya ishlari bajarilmoqda. Buning uchun Turkiyaning “Kiklop” va Oʻzbekistonning “Primetime Group” kompaniyasi jalb etilgan.
Rekonstruksiya ishiga masʼullar aeroport kitob koʻrinishida qayta qad rostlashini aytmoqda. Yangi aeroportda 22 samolyot uchun toʻxtash, uchish-qoʻnish yoʻlagi boʻladi.
Aeroportni 2021-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Oʻshanda Samarqand xalqaro aeroporti “Ochiq osmon” rejimiga oʻtadi.

 

OʻzA