Respublika maxsus komissiyasi markaziy shtabi aʼzosi Joʻshqin Qosimov karantinga olingan xonadonlar, uy sharoitida davolanayotgan bemorlar yuzasidan maʼlumot berdi.
– 22-iyun soat 10:00 holatiga koʻra, mamlakat boʻyicha koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlar soni 1 ming 706 nafarni tashkil qilmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasida 58, Andijon viloyatida 136, Jizzax viloyatida 22, Navoiy viloyatida 40, Namangan viloyatida 21, Samarqand viloyatida 96, Sirdaryo viloyatida 156, Surxondaryo viloyatida 101, Qashqadaryo viloyatida 21, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida 1 ming 50 nafar bemor uyda davolanmoqda. Ularning barchasi shifokorlar nazoratida boʻlib, kerakli tavsiyalar berib borilyapti. Bepul dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni yetkazib berish yoʻlga qoʻyilgan.
Xabaringiz bor, 5-iyuldan boshlab koronavirus kasalligi aniqlangan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berildi. Uyda davolanish amaliyotini oʻtayotgan bemorlar 10 kun davomida kuzatuvda boʻladi. Test natijalariga qarab, kuzatuv bekor qilinadi yoki davom ettiriladi.
OʻzA