Qabul-2020: 581 sertifikat talabga javob bermasligi aniqlandi

Davlat test markazi direktori oʻrinbosari Sardor Rajabovning maʼlum qilishicha, 20-iyundan 20-iyulga qadar roʻyxatdan oʻtish davomida abituriyentlar tomonidan 8660 hujjat chet tili sertifikati sifatida dasturga kiritilgan.
Bularning barchasi Davlat test markazi tomonidan tekshirildi va 8079 sertifikat oʻz tasdigʻini topdi. 581 sertifikat esa talabga javob bermasligi aniqlandi.
Misol uchun, 200 sertifikatda tilni bilish darajasi B2 dan past ekani, 117 sertifikat milliy yoki xalqaro imtihon tizimlaridan olinmagani, bunda oʻquv markazlari tomonidan berilgan yoki xalqaro boʻlmagan sertifikatlar boʻlgani, 69 sertifikatda amal qilish muddati tugagani, 7 holatda sertifikatlarning haqiqiy emasligi, 9 tasida sertifikat boshqa shaxsga tegishli ekanligi aniqlandi.Davlat test markazi direktori oʻrinbosari Sardor Rajabovning maʼlum qilishicha, 20-iyundan 20-iyulga qadar roʻyxatdan oʻtish davomida abituriyentlar tomonidan 8660 hujjat chet tili sertifikati sifatida dasturga kiritilgan.
Bularning barchasi Davlat test markazi tomonidan tekshirildi va 8079 sertifikat oʻz tasdigʻini topdi. 581 sertifikat esa talabga javob bermasligi aniqlandi.
Misol uchun, 200 sertifikatda tilni bilish darajasi B2 dan past ekani, 117 sertifikat milliy yoki xalqaro imtihon tizimlaridan olinmagani, bunda oʻquv markazlari tomonidan berilgan yoki xalqaro boʻlmagan sertifikatlar boʻlgani, 69 sertifikatda amal qilish muddati tugagani, 7 holatda sertifikatlarning haqiqiy emasligi, 9 tasida sertifikat boshqa shaxsga tegishli ekanligi aniqlandi.

O’zA