Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov Tailand Qirolligi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Vijavat Isarabakdi bilan videokonferensaloqa shaklida muloqot qildi.
Suhbat chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi Oʻzbekiston – Tailand munosabatlarining hozirgi holati va ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Tomonlarning turli darajadagi siyosiy muloqotni kengaytirishga tayyorligi bildirildi. Shu munosabat bilan boʻlajak qoʻshma tadbirlarni, jumladan Oʻzbekiston va Tailand tashqi siyosat idoralari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi bosqichini oʻtkazish jadvali koʻrib chiqildi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini rivojlantirish har ikki mamlakat uchun muhim ahamiyatga egaligi qayd etildi, oʻzaro savdo hajmini yana-da oshirish mexanizmlari koʻrib chiqildi.
TIV rahbarlari oʻrinbosarlari xalqaro tashkilotlar va tuzilmalar doirasidagi oʻzaro munosabatlar ijobiy oʻsish surʼatini, xalqaro kun tartibiga doir qator masalalar boʻyicha mavqelar oʻxshashligini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Muzokara davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
OʻzA