Rossiyadagi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar fondining (RTIF) maʼlum qilishicha, koronavirusga qarshi Rossiyada ishlab chiqarilayotgan vaksina yoz oxirlarida kuzning boshlarida tasdiqlanadi.
Mazkur fond rahbari Kirill Dmitriyevning “Rossiya 1” kanaliga maʼlum qilishicha, hozir Gamaleya institutida vaksina ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish ustida faol ish olib borilmoqda.
Dmitriyev shuningdek, COVID-19 qarshi muolajada qoʻllaniladigan Rossiyaning «Avifavir» va Amerikaning «Remdesivir» dorilarini solishtirdi. Uning aytishicha, Rossiyada ishlab chiqarilgan preparat «Remdesivir»dan samaraliroq hamda arzon ham, qolaversa u inyeksiya uchun ampula shaklida emas, balki tabletka koʻrinishida yetkazib beriladi.
Xabarda aytilishicha, koronavirusga qarshi vaksina hozir Rossiya mudofaa vazirligiga qarashli Burdenko nomidagi gospitalda hamda Sechenovsk tibbiyot universitetida koʻngillilarda sinab koʻrilmoqda.
Mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, vaksinaning klinik sinovi nihoyasiga yetmoqda. 15-iyulda shifokorlar koʻngillilarning birinchi guruhiga javob beradi. Mudofaa vazirligining maʼlumotiga koʻra, ularning ahvoli hozir yaxshi, “sogʻligʻidan shikoyati yoʻq, salbiy reaksiya yoki koʻngilsiz holatlar koʻzga tashlanmagan”.
OʻzA