2020-yil 14-may soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2620 (+8) nafarni tashkil qilmoqda.
8 nafar yangi kasallanish holatining 4 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 4 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda boʻlgan fuqarolar orasidan aniqlandi.
Xorijdan kelib, kasallanish qayd etilgan fuqarolarning 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi boʻlsa, 1 nafari esa Qozogʻistondan kelgan.
Ayni paytda yurtimizda 2076 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 79 foizni tashkil qilmoqda. Mamlakatimizda davolanayotgan 533 nafar bemordan 11 nafari ogʻir ahvolda. Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi
O’zA