“Moʻynoq: kecha va bugun” nomli onlayn koʻrgazma tashkil etildi

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha fotomuxbiri Maqsad Habibullayev suratlari asosida “Moʻynoq: kecha va bugun” nomli onlayn koʻrgazma tashkil etildi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Orolboʻyi hududini, shu jumladan, Moʻynoq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish, aholi turmush sharoitini yuksaltirish borasida keng koʻlamdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

photo_2020-05-14_00-20-25.jpg

photo_2020-05-14_00-20-20.jpg

Tuman markazidagi eski binolar oʻrniga zamonaviy inshootlar, aholi dam olish maskanlari va xiyobonlar qad rostlamoqda. Elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi tarmoqlari qayta yangilandi. Obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, mevali va manzarali daraxt hamda turli gul koʻchatlari ekilmoqda.

Qisqa vaqt mobaynida moʻynoqliklar bir qancha yangilanishlarning guvohi boʻldi. Tumanda maktabgacha taʼlim tashkilotlari, sport kompleksi, amfiteatr, madaniyat saroyi va boshqa qator obyektlar yangidan foydalanishga topshirildi. Shuningdek, bir qator ishlab chiqarish korxonalari qurilib, ishga tushirildi. Bir soʻz bilan aytganda, Moʻynoq haqiqiy jadal rivojlanayotgan maskanga aylanib bormoqda.

photo_2020-05-14_00-20-01.jpg

photo_2020-05-14_00-20-05.jpg

̶ Onlayn koʻrgazma tomoshabinlarda katta qiziqish uygʻotmoqda, ̶ deydi Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi bosh ilmiy kotibi Axmet Xojambergenov. ̶ Fotomuxbir Moʻynoqda tong otishi, kun botishi, unib chaqayotgan turli nihollar, barcha sohalarda mehnat qilayotgan odamlar hayotini mohirlik bilan obyektivga olgan. Onlayn koʻrgazmani tomosha qilgan odam oʻzini xuddi Moʻynoqda yurgandek his qiladi. Kelgusida boshqa mavzuda ham hamkorlikda koʻrgazmalar tashkil etish rejalashtirilgan.

Mazkur koʻrgazmada fotomuxbirning Moʻynoq tumanida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari, hududning oʻziga xos tabiati, turli sohalardagi oʻzgarishlar jarayonidan tushirilgan 50 dan ziyod fotosurati oʻrin olgan.

photo_2020-05-14_00-20-38.jpg

photo_2020-05-14_00-20-10.jpg

 

Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA