Oʻzbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni oshdi

Ayni soatlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1 nafar, Xorazm viloyatida 14 nafar, Buxoro viloyatida 6 nafar, jami 21 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Endilikda Qoraqalpogʻistonda toʻliq sogʻayganlar 110 nafar, Xorazmda 210 nafar, Buxoroda esa 433 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun 36 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 2076 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 2596 nafarni tashkil qilib, sogʻaygan va vafot etganlardan tashqari, jami 509 nafar bemor davolanmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

 

OʻzA