JSST vakili koronavirusga qarshi vaksina qachon yaratilishi haqida axborot berdi

Dunyoda yuzdan ziyod farmkompaniyalar koronavirusga qarshi vaksina yaratish ustida ish olib bormoqda, sakkizta vaksina namunasining klinik sinovi allaqachon boshlab yuborilgan, dedi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti(JSST)ning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich “Rossiya 24” telekanali orqali chiqish qilib.
Uning taʼkidlashicha, kasallikka qarshi dori paydo boʻlish muddati haqida gapirishga hali erta. JSST mutaxassislarining hisob kitobicha, vaksina shu yilning oʻzida yaratilishi mumkin, ammo undan ommaviy foydalanish keyingi yili boshlanadi.
Shuningdek, Vuynovich Rossiyada qabul qilingan koronavirusga qarshi kurash choralari oʻzining ijobiy natijasini berayotganini aytib oʻtdi. Mamlakatda oʻlim darajasi unchalik yuqori emas, dedi u.
Bundan avvalroq “Rospotrebnadzor” rahbari Anna Popova vaksina bitta boʻlishi mumkin emasligini, ular bir nechta boʻlib, “taʼsir kuchi ham turlicha boʻlishini“ aytgan edi.

OʻzA