Twitter Incning koronavirus pandemiyasi sharoiti tufayli masofadan turib ishlayotgan xodimlari ushbu rejimga doimo amal qilishi mumkin, deya maʼlum qildi kompaniya.
“Soʻnggi bir necha oy shuni koʻrsatdiki, biz ushbu tartibda (masofadan turib) bemalol ishlay olamiz. Agar uyda ishlayotgan xodimlarimizni ushbu sharoit qoniqtirayotgan boʻlsa va ular kelgusida ham masofadan turib ishlashni davom ettirmoqchi boʻlsa, buni amalga oshirsa boʻladi“, — deyiladi kompaniya tarqatgan axborotda.
Shuningdek kompaniya oʻz ofislari eshigini sentyabrda ochishini maʼlum qildi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 4 million kishidan oshgan, 278 mingdan ortiq bemor vafot etdi.
OʻzA